«Barselona» braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Braziliyaning «Palmeyras» klubi yarim himoyachisi Mateus Fernandes faoliyatini «Barselona»da davom ettiradigan bo'ldi. Kataloniyaliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, 21 yoshli futbolchi yozda jamoa safiga qo'shiladi.
Kataloniyaliklar Fernandes uchun 7 million evro to'lashadi. O'yinchining ishtirokiga qarab bu summaga yana 3 million evro qo'shilishi mumkin.
Mateus bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Uning tovon puli sifatida 300 million evro belgilandi.