"Barselona" "River Pleyt"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Klaudio Echeverri bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni boshladi, deb xabar beradi Som|Serem FCB nashri.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi shartnomani bekor qilish bandida ko'rsatilgan summani - 25 million evro to'lashga tayyor, lekin bo'lib-bo'lib to'lamoqchi.

Echeverri "River Pleyt" tarbiyalanuvchisi va akademiyadan asosiy jamoagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning dekabrigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali 17 yoshli argentinalik futbolchini 4 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Echeverri 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona"da hozirda 6 nafar yarim himoyachi bor: Gavi, Pedri, De Yong, Gyundogan, Serji Roberto va Romeu Oriol.