«Barselona» klubi «Ayaks» darvozaboni Andre Onananing transferi bo'yicha amsterdamliklar bilan muzokarani boshladi.

"Telegraaf" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar ushbu transfer doirasiga o'z futbolchilari — Neto, Karles Alenya, Riki Puch yoki Kolyadoni kiritishni taklif etishmoqda.

«Ayaks» esa Onananing transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi.