"Marsel" "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitini sotib olmoqchi. Bu haqda Frantsiya matbuoti xabar bermoqda. Avvalroq Kataloniya klubi endi futbolchiga umid bog'lamagani haqida bir necha bor xabar berilgandi.

Transfermarkt 27 yoshli Umtitini atigi 8 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda futbolchi maydonga atigi 16 marotaba tushdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Barselona" hujumchisi Grizmannga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.