"Barselona" himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Malorka" futbolchisi Pablo Maffeo kataloniyaliklar radarida turibdi. U Joau Kanselu o'rniga variant sifatida ko'rilmoqda.

26 yoshli futbolchining transfer huquqi "Shtutgart"ga tegishli. U uchun "Sevilya" ham da'vogar sanaladi. Ayni damda ispan himoyachisi 8 million evroga baholanmoqda.

Manba: bbc.com