"Barselona" klubi 2022 yilda turkiyalik Emre Demir bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, bu shartnoma tez orada amalga oshiriladi.

17 yoshli yarim himoyachi hozirda "Kayserispor" klubi futbolchisi hisoblanadi. U 18 ga to'lgach, jamoasini ijara asosida tark etishi kutilmoqda. "Barsa" futbolchi uchun 2 million evro atrofida to'lov qilib, uni klubga olib kelmoqchi.

Demir 15 yoshida o'z klubida debyut o'yinini o'tkazgan. U Turkiya yoshlar terma jamoasi safida muvaffaqiyatli harakatlari bilan ajralib turadi.

Manba: caughtoffside.com