"Barselona" 19 yoshli yarim himoyachi uchun Portugaliya klubi bilan kurashadi

"Barselona" Janubiy Amerikadan futbolchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, Ekvadorning "Santa Domingo" klubi yarim himoyachisi Oskar Sambrano kataloniyaliklar radariga tushgan. 19 yoshli futbolchi o'z tengqurlari ichida ajralib turadi.
U o'tgan mavsumda 28 ta bahsda maydonga tushgan edi. Nomi ma'lum qilinmagan Portugaliya klubi ham Sambrano uchun qiziqish bildirgan edi. Ayni damda Ekvador terma jamoasi a'zosi 5 million funtga baholanmoqda.
Manba: newsnow.co.uk