«Barselona» 18 yoshli havbekka qiziqib qoldi

“Groningen” yarim himoyachisi Lyudovit Reys faoliyatini“Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Fox Sports nashrining xabar berishicha, 18 yoshli futbolchiga kataloniyaliklar qiziqish bildirmoqda. Buni “Gorinngen” klubi tasdiqladi. Futbolchining transferi “Barselona” uchun 6 million evroga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Reysning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yili yakuniga etadi. U joriy mavsum 29ta o'yinda, 1ta gol urgan va 1ta golga ham mualliflik qilgan.