«Barselona» rasmiy sayti «Las-Palmas» yarim himoyachisi Pedri bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

16 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklar 5 million evro evro to'lashdi. Shuningdek, kelishuvda turli bonuslar ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Pedri keyinchalik sotilsa, «Las-Palmas» uning 15 foiziga egalik qilishadi.

Yarim himoyachi 2020 yilning yozida «Barsa» safiga qo'shiladi. Futbolchi bilan tuzilgan 2 yillik shartnoma kelasi yildan boshlab kuchga kiradi. Bundan tashqari, shartnoma yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.

Pedrining tovon puli 100 million evro etib belgilandi. Ispaniyalik futbolchi asosiy jamoa safiga o'tkazilganidan keyin bu summa 4 baravar oshiriladi.