"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino o'ziga yangi klub qidirmoqda, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport nashri.

Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchining faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri - "Latsio".
Rim klubiga futbolchini yozda sotib olish taklif qilingan.

"Rim burgutlari" 29 yoshli futbolchini sotib ololmaydi, shuning uchun ijara shartnomasi tuzilishi mumkin. Shu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachiga maoshining katta qismini to'lashni davom ettirishi mumkin. Bu yiliga 9 million evro deganidir.

Sog'ligidagi muammolar tufayli Koutino dekabr oyi oxiridan beri maydonga tushmadi. Uning "Barsa" bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.