"Barselona" himoyachisi Junior Firpo Kataloniya klubini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. Futbolchi uchun Angliya Premer-ligasining ikkita klubi da'vogarlik qilmoqda

 

"Vest Xem" va "Sautgempton" yosh ispaniyalikni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Avvalroq, Firpo Ronald Kumanning rejalariga kiritilmaganligi haqida xabar berilgandi.

 

Transfermarkt 24 yoshli futbolchini 8 million evroga baholamoqda.