Italiya uchinchi divizioni klubi — "Komo" bosh direktori Maykl Gendler hujumchi Mario Balotelli bilan muzokara olib borayotganini tasdiqladi.

"U bilan aloqaga chiqdik, agentlarining fikrini tingladik. Ammo bundan ortiq hech narsa deya olmayman", — dedi klub rahbari.

"Komo" Italiya uchinchi divizionida ishtirok etadi. Klubga indoneziyalik tadbirkor Robert Budi Xartono egalik qiladi.

Balotelli "Breshiya" safida A seriya doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi. Shu bilan birga u 6ta sariq kartochka va bitta qizil kartochka ishladi.