Azardan Messigacha. 2021 yilda transfer qiymatida eng katta pasayish kuzatilgan futbolchilar

Transfermarkt portali 2021 yilda transfer qiymatida eng katta pasayish kuzatilgan futbolchilar reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «Barselona» himoyachisi Kleman Langle 2021 yilda eng katta qiymatga arzonlagan — 25 million evro. Keyingi o'rindan katalonlarning yana bir vakili Miralem Pyanich (-22 mln evro) joy olgan.
Keyingi o'rinlardagi 8 nafar futbolchining narxi 20 million evroga kamaygan. Quyida ro'yxat bilan tanishing:
1. Kleman Langle («Barselona»): - 25 million evro (hozirgi narxi 25 million evro);
2. Miralem Pyanich («Barselona»): - 22 mln evro (28 mln evro);
3. Eden Azar («Real»): - 20 mln evro (40 mln evro);
4. Filippe Koutino («Barselona»): - 20 mln evro (40 mln evro);
5. Antuan Grizmann («Barselona»): - 20 mln evro (60 mln evro);
6. Serj Gnabri («Bavariya»): - 20 mln evro (70 mln evro);
7. Joau Feliks («Atletiko»): - 20 mln evro (80 mln evro);
8. Lionel Messi («Barselona»): - 20 mln evro (80 mln evro);
9. Sadio Mane («Liverpul»): - 20 mln evro (100 mln evro);
10. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»): - 20 mln evro (100 mln evro).