Frankfurtning "Ayntraxt" klubi ko'plab Evropa gigantlarining transfer maqsadiga aylangan hujumchisi Randal Kolo-Muanining narxini belgiladi.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "burgutlar" 24 yoshli hujumchi uchun 90-100 million evro talab qiladi.

Kolo-Muani joriy mavsum boshlanishidan oldin Frantsiyaning “Nant” jamoasidan “Ayntraxt”ga o'tgan edi. Futbolchi Bundesligadagi debyut mavsumida 18 uchrashuvda 9 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manbaga ko'ra, "Bavariya" yozda Randalni sotib olmoqchi emas. Frantsiyalik futbolchining Yulian Nagelsmann jamoasiga o'tishi dargumon ko'rinadi.