"Ayaks" futbolchisi ikkita gigant uchun asosiy nishonga aylandi

"Barselona" klubi "Ayaks" tarbiyalanuvchisi Entoni transferini amalga oshirishni xohlamoqda. Xabarlarga ko'ra, 21 yoshli vinger kataloniyaliklar e'tiboriga tushgan. Entoni kecha "Sporting" bilan bahsda ikkita assist muallifiga aylandi.
U uchun niderland jamoasi 40 million evro so'rashi aytilgan. Braziliyalik iqtidorga "Bavariya" klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Manba: bbc.com