"Atletiko" yulduzi APL klubiga o'tishga yaqin turibdi

«Liverpul» klubi bilan shartnomasini uzaytirmagan va PSJga yo'l olgan Jorjino Veynaldumga o'rinbosar qidirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, «qizillar» «Atletiko» yarim himoyachisi Saul Nigesni sotib olishni rejalashtirmoqda. Futbolchi allaqachon Madrid klubi rahbariyatiga yozda jamoani tark etish niyati borligini ma'lum qilgan. Yaqin kelajakda «Liverpul» «Atletiko» vakillari bilan muzokara o'tkazadi. Mersasayd klubi Saulning transferi uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor.
Ma'lumot o'rnida, ispaniyalik yarim himoyachiga yana ko'plab grand jamoalardan ham taklif bor.