"Atletiko" "Real" futbolchisini kuzatmoqda

"Atletiko" o'z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "matraschilar" "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalosni kuzatib borishmoqda.
27 yoshli futbolchi ko'p o'yin o'tkazmayapti, shuning uchun u klubini o'zgartirishi inkor etilmaydi.
Qayd etilishicha, Sebalosga Angliya Premer-ligasi va Italiya A Seriyasi klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali mutaxassislari Dani Sebalosni 9 million evroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda 19 ta o'yinda yarim himoyachi bitta gol urgan.