«Atletiko» PSJ bilan kelisha olmadi

PSJ hujumchisi Edinson Kavani qishki transfer vaqtida Madridning “Atletiko” jamoasiga o'tmaydi. Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda.
Madridliklar urugvaylik futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor edi, biroq parijliklar futbolchi uchun 20 million evro so'rashdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “Atletiko” futbolchini yozda erkin agentga aylangandan so'ng olib kelishga harakat qilib ko'radi.