«Atletiko» «Barcelona» hujumchisi Antuan Grizmannning qaytishiga qiziqmoqda. Bu haqda Madrid klubi prezidenti Enrike Sereso ma'lum qildi:

"Grizmann - bu ajoyib futbolchi. Men uni qaytarib olishga umid qilaman, lekin «Barselona» Grizmanni sotmoqchi emas deb o'ylayman.

Antuan - futbol elitalaridan biri. Grizmanni o'z jamoasida ko'rishdan har qanday jamoa xursand bo'lar edi. U bu erda ajoyib yillarni o'tkazdi va to'liq "Atletiko"ga e'tibor qaratdi. U bizning do'stimiz", - dedi Sereso.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Kataloniya klubi yozda Grizmanni sotishga tayyor bo'lishi haqida xabar tarqalgan edi.