Madridning “Atletiko” klubi “Napoli” futbolchisi Irving Losanoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi o'yin amaliyotisiz qolayotganligi sababli jamoasini o'zgartirishga qarshi emas. U bu haqda o'zining agentiga ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, “Everton” klubi ham jiddiy qiziqib qolgan.