«Atletiko» futbolchisi JCh-2022 borishni istaydi

«Atletiko» yarim himoyachisi Toma Lemar Frantsiya terma jamoasiga qaytib, Qatardagi jahon chempionatiga borishni istashini aytdi.
«Men uchun bu juda katta maqsad. Har doim o'z oldimga shunday maqsad qo'yganman - jahon chempionatiga terma jamoa ro'yxatidan joy olish. Lekin barcha futbolchilar muhim, shuning uchun men o'z o'yinimni ko'rsatishim, murabbiyga o'z darajamni ko'rsatishim kerak», - dedi Lemar.
Lemar oxirgi marta terma jamoa safida o'tgan yilning sentyabrida Bosniyaga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.