Artyur Vermeren faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

"Atletiko" yarim himoyachisi sotib olish majburiyati bilan "Leyptsig"ga ijaraga o'tadi, deb xabar beradi Sky Sport nashri. Nemis klubi ijara uchun 3 million evro to'laydi.

Majburiy 20 million evro sotib olish bandi u ma'lum miqdordagi o'yin o'tkazganidan keyin kuchga kiradi.

Vermeren shu yilning yanvar oyida 18+5 million evro evaziga "Antverpen"dan “Atletiko”ga o'tgan edi. La Ligada u 5ta o'yin o'tkazib, birorta ham gol urmagan.