Madridning “Atletiko” sardori Diego Godin jamoasini o'zgartirishga yaqin. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.

Futbolchi milanliklar bilan “2+1” tarzida shartnoma imzolashga kelishib olgan. Godin yangi jamoasida yiliga 4,5 million evro maosh oladi. Shuningdek, u bonus tariqasida 6 million evro ham ishlab oladi.