Yarim himoyachi Rodrigo de Paul «Udineze»dan «Atletiko»ga o'tdi.

27 yoshli futbolchi madridliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. «Atletiko» argentinalik futbolchi uchun 35 mln evro to'laydi.

De Paul 2016 yildan buyon «Udineze» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Kuni kecha u Argentina terma jamoasi safida Amerika kubogi musobaqasida g'olib chiqdi.


Rodrigo de Paul Italiya A seriyasining yakunlangan mavsumida 36ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 9ta assist muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru