"Atletiko" APLdan himoyachi olib kelmoqchi

Madridning “Atletiko” klubi “Vest Xem” himoyachisi Issa Diopga qiziqib qoldi.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotlarigi ko'ra, Diopning transferini “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o'zi xohlamoqda. Uning transfer narxi 40-50 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchini shuningdek, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.