"Atalanta" Djordjo Skalvinini qishda sotmoqchi emas.

Jurnalist Alfredo Pedullaning so'zlariga ko'ra, bergamoliklar 20 yoshli himoyachiga top-klublar, jumladan, "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotganidan xabardor va "aqldan ozgan" taklif tushgan taqdirdagina uni sotish haqida o'ylashadi.

"Atalanta" kamida 60 million evro, Premer-liga klublari misolida esa undan ham ko'proq pul ishlab olishga bel bog'lagan.

Joriy mavsumda Skalvini A Seriyada 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.