"Atalanta" "Milan"ning 21 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Qayd etilishicha, "Milan" yarimhimoyachisi Tommaso Pobega faoliyatini Bergamoda davom ettirishi mumkin.
"Atalanta" anchadan beri 21 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq "Milan" 10-12 million evro evaziga Pobega bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.