Ispaniyaning "Almeriya" klubining malilik hujumchisi Bilol Turega Italiyaning "Atalanta" klubi qiziqish bildirmoqda.

Bilol Ture 2020 yilning qishida Frantsiyaning "Reyms" jamoasidan "Almeriya"ga 8 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.

21 yoshli hujumchi La Liganing so'nggi mavsumida 25 o'yinda 7 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Almeriya" o'z hujumchisi uchun 25-30 million evro mablag' talab qiladi.