"Aston Villa" yangi himoyachi xarid qiladi

"Aston Villa" yangi futbolchiga ega bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, birmingemliklar "Sautgempton"dan Yan Bednarekni ijaraga olish borasida taklif yuborgan.
Bu haqida Fabritsio Romano xabar qildi. 26 yoshli himoyachi jamoasining so'nggi bahsida ishtirok etmagan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.
Manba: bbc.com