«Aston Villa» «MYu» himoyachisini ijaraga olmoqchi

«Aston Villa» bosh murabbiyi Din Smit «MYu» himoyachisi Aksel Tuanzebeni jamoasiga qaytarishni xohlamoqda. «Express» nashri xabar qilishicha, Din Smit APL gigantidan himoyachini ijaraga olishni so'ramoqchi.
Tuanzebe 2018-2019 yillarda birmingemliklar tarkibida to'p surgan edi. 23 yoshli futbolchi yillik ijara narxi 5 million funt atrofida bo'lishi aytilgan.
«Qizil iblislar» Tuanzebeni ijaraga berishdan avval u bilan shartnomasini uzaytirib olmoqchi. Shuningdek, kongolik futbolchiga «Nyukasl» klubi ham qiziqish bildirgan.
Manba: futaa.com