"Aston Villa" Meksika terma jamoasi hujumchisiga ko'z tikkan

"Aston Villa" yozda hujumchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Feyenoord" futbolchisi Santyago Ximenes Unai Emeri nazariga tushgan.
21 yoshli hujumchi Meksika terma jamoasi a'zosi sanaladi. U bu mavsum davomida 21 ta golga mualliflik qildi. Klub rahbariyati Ximenesni Olli Uotkins o'rniga olib kelishi mumkin.
Manba: bbc.com