"Aston Villa" Ispaniya terma jamoasi a'zosini xarid qilmoqchi

"Aston Villa" yozda himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Vilyarreal" futbolchisi Pau Torres birmingemliklar radarida turibdi. Unai Emeri evrokuboklar uchun kurashayotgan jamoasini yanada kuchaytirib olmoqchi.
U Pau Torresni yaxshi biladi. Shu sababdan "sariq suvosti kemasi"dan uni xaridiga chog'langan. 26 yoshli himoyachi 2024 yilda erkin agentga aylanadi. Uning narxi 50 million evro atrofida.
Manba: teamtalk.com