"Aston Villa"ga sobiq "Chelsi" futbolchisi kerak

"Aston Villa"ning qishki transferlar oynasidagi missiyasi ma'lum bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, yanvarda birmingemliklar "Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerni ijaraga oladi.
27 yoshli futbolchi o'tgan yozda "Chelsi"dan sotib olingan edi. U mavsum oxirida "Aston Villa" tomonidan butunlay xarid qilinadi. U APLda 23 ta gol va 21 ta assistga mualliflik qilgan edi.
Manba: caughtoffside.com