"Aston Villa" futbolchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

"Aston Villa" futbolchisi jiddiy jarohat olganligi ma'lum bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, Angliya yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Jeykob Remzi Evropa chempionatining qolgan o'yinlarida maydonga tushmaydi.
U chorak finalda Portugaliyaga qarshi bahsning 65 daqiqasida to'pig'idan jarohat olib, maydonda ketgandi. U yarim finalda Isroilga qarshi maydonga tusha olmaydi.
Shuningdek, finalda ham uni ko'rmaymiz. 21 yoshli o'yinchi mavsumoldi bahslarida ham qatnashishi so'roq ostida qolgan.
Manba: newsnow.co.uk