"Aston Villa" "Arsenal" futbolchisini nishonga oldi

"Aston Villa" yozda himoyachi sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, birmingemliklar qanot himoyasini "Arsenal" futbolchisi Kiran Tirni bilan to'ldirmoqchi.
Tirni ayni paytda to'pchilarning zaxira o'rindig'idan joy olgan. U "Aston Villa"da Lyuka Dinni o'rnini egallashi mumkin.
Manba: caughtoffside.com