«Chelsi» va «PSJ» Ashraf Hakimi bilan shartnoma imzolash uchun «Inter» bilan qisman almashinuv bitimini tuzishmoqchi, deya xabar bermoqda "Tuttomercatoweb" nashri.

Ayni paytda «Inter» uni  faqat 80 million evroga sotishni maqsad qilgan, chunki ular klubdagi moliyaviy inqirozni hal qilmoqchi. "Neradzuri" bu qarorga qarshi chiqqan Konteni ham ishdan bo'shatgan edi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli qanot himoyachisi yakunlangan mavsum A Seriyada 37 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va 8 ta assist yozdirib qo'ydi.