"Arsenal" ustozi Mikel Arteta hujumchi Gabriel Martinellining jarohati haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"Gabi sonida qattiq og'riq his qilgan. Shu sabab u qattiq yugura olmay qoldi".

Braziliya terma jamoasi a'zosi "Everton"ga qarshi bahsda 20 daqiqa harakat qilgandi. U bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.

Manba: newsnow.co.uk