"Arsenal" yana bir pozitsiyasini kuchaytirib olmoqchi

"Arsenal" yanvar oxiriga qadar maydon markazini kuchaytirishi kerak. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta aytib o'tdi. Arteta tayanch yarim himoyachisi sotib olishga umid qilayotganini bildirgan.
Ayni damda u pozitsiyadagi Muhammad Elneni jarohatlangan. Shu sabab o'rinbosar talab qilinadi. "Arsenal" esa hozirga qadar ikki transferni rasmiylashtirishga ulgurdi.
Manba: caughtoffside.com