"Arsenal" yozda Braziliyadan futbolchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Flamengo" tarbiyalanuvchisi Mateus Gonsalves to'pchilar nazariga tushgan. 17 yoshli hujumchi bu mavsumda porlagan edi.

Jamoa sport direktori Edu braziliyalik hisoblanadi. Shu sabab u Braziliya futbol bozorini yaxshi biladi. U o'tmishda Gabriel Martinelli va Markinosni 17 yoshida jamoaga olib kelgan edi.

Manba: bbc.com