"Arsenal" va "Tottenxem" bir futbolchi uchun kurash olib boradi. Xabarlarga ko'ra, "Galatasaray" himoyachisi Viktor Nelsson qishda istanbulliklar safidan ketadi.

Unga ikki London klubi qiziqish bildirmoqda. Nelsson uchun 15-20 million evro so'ralishi aytilmoqda. 25 yoshli futbolchi APLga o'tishni istashini bildirgan.

Manba: caughtoffside.com