"Arsenal" va "PSJ" bir futbolchi uchun kurashadi

"Arsenal" Frantsiya chempionatidan futbolchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Lans" sardori Seko Fofana London jamoasi radarida turibdi. 27 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda 38 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta golga mualliflik qilgan.
Uning narxi 25 million funt atrofida bo'lishi aytilgan. Fofana uchun "Nyukasl" hamda "PSJ" ham da'vo qiladi.
Manba: caughtoffside.com