Braziliyalining "Internatsional" hujumchisi Yuriy Alberto Evropaga ko'chib o'tishi mumkin. "Barselona" va "Arsenal" yosh futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Globo Esporte  xabar bermoqda.

 

Transfermarkt 20 yoshli markaziy hujumchini 6 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda Alberto 20 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.