"Arsenal" o'z futbolchisini jamoada saqlab qolishga harakat qiladi. Xabarlarga ko'ra, ayni damda 18 yoshli hujumchisi Amario Koze-Dyubberi vakillari bilan yangi bitim borasida muzokaralar bormoqda.

Yosh vinger 2024 yilning yozida erkin agentga aylanishi kerak. "Arsenal" esa buni istamaydi. Koze-Dyubberiga bir nechta APL klublari ko'z tikkan.

Manba: caughtoffside.com