"Arsenal" uni qaytarib olmoqchi. Ammo "Chelsi" va "Liverpul" bunga to'sqinlik qilishi mumkin

"Arsenal" o'z tarbiyalanuvchisini sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Valensiya" yarim himoyachisi Yusuf Musaga London klubi qiziqish bildirmoqda.
Musa etti yil davomida "Arsenal" akademiyasida edi. 2019 yilda u "Valensiya"ga sotiladi. Ayni damda "ko'rshapalaklar" La-ligadan tushib ketish xavfi ostida qolgan.
Shu sababdan AQSh terma jamoasi a'zosi APL giganti safiga qaytishi mumkin. Musa uchun "Chelsi" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Manba: teamtalk.com