"Arsenal" unga narx belgiladi

"Arsenal" o'z hujumchisi uchun narx belgiladi. Xabarlarga ko'ra, to'pchilar Folarin Balogun uchun 35 million funt talab qiladi. 22 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni "Reyms"da ijarada o'tkazib, 22 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan.
U uchun "Vest Xem" da'vo qilmoqda. Shuningdek, Evropaning "Milan", "Inter" va "Leyptsig" kabi yirik klublari ham Balogun xizmatlariga qiziqish bildirgan. AQSh terma jamoasi a'zosi yaqindagina Shimoliy Amerika chempioniga aylangan edi.
Manba: caughtoffside.com