"Arsenal" u uchun o'z tarbiyalanuvchisini qurbon qilishga tayyor

"Arsenal" yarim himoyachi xarid qilishi kerak. Xabarlarga ko'ra, "Aston Villa" futbolchisi Duglas Luis uchun London klubi taklif berishga tayyor. 60 million funtlik yarim himoyachi evaziga Emil Smit-Rou hamda pul taklif etiladi.
O'tmishda 23 yoshli hujumchi uchun "Aston Villa" taklif bilan chiqqan. Ayni damda Smit-Rou jarohati sabab safdan chiqqan. Mikel Arteta esa uni qurbon qilish orqali Luis transferiga erishishni reja qilgan.
Manba: bbc.com