"Arsenal" kutilmagan yurishni amalga oshirishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, London klubi 2024 yilda "PSJ"dan Kilian Mbappeni olib kelishi mumkin. Mbappe bu yozda parijliklar safini tark etadi.

Agar u yangi mavsumda ham o'z jamoasida qolsa, u holda 2024 yilda erkin agentga aylanadi. Ana o'shanda "Arsenal" Mbappe uchun kurashga kiradi. Shuningdek, Mikel Arteta jamoasi "Real" yarim himoyachisi Orelen Tchuameniga ham qiziqish bilan qaramoqda.

Manba: bbc.com