«Vulverxempton» yarim himoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, tomonlar muzokaralar olib borishmoqda va London klubi portugaliyalikga 5 yillik shartnoma taklif qildi.

24 yoshli futbolchi faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Granit Jakaga o'rinbosar bo'lishi mumkin.

O'tgan mavsum Nevesh APLda 40 uchrashuvda qatnashib, o'z hisobiga 5 gol yozib qo'ydi va 2 golga uzatmani amalga oshirdi.