"Arsenal" portugaliyalik futbolchi transferini e'lon qiladi

«Benfika» himoyachisi Nuno Tavares «Arsenal»ga o'tish arafasida, deya yozadi "Maisfutbol" nashri.
Ma'lum bo'lishicha, bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga uchib ketadi. Transfer summasi 8 million evroni tashkil qiladi, ammo mumkin bo'lgan bonuslarni hisobga olgan holda, bu summa 10 million evroga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, bir kun oldin portugaliyaliklar «kanonirlar» bilan shartnoma borasida kelishib olgan edi.