Londonning “Arsenal” klubi “Bayer” hujumchisi Kevin Follandga qiziqib qoldi.

Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, nemis hujumchisi Per-Emerik Obameyangning o'rnini egallashi mumkin.

Ma'lumot uchun, Follandning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi taxminan 35 million evroga baholanmoqda.